Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Stress mudrab yotgan xavfli kasallikni «uyg‘otadi»

Stress mudrab yotgan xavfli kasallikni «uyg‘otadi»

Foto: «Depositphotos / vitanovski»

Stress onkologik kasalliklarning qaytalanish ehtimolini oshiradi, chunki u saraton hujayralarini uyqudan «uyg‘otadi». Rossiya, Germaniya va AQSh olimlari buni aniqlash uchun laboratoriya sichqonlari ustida bir qancha tajribalar o‘tkazishdi. Bu haqda «Science Translational Medicine» xabar berdi.

Hatto, muvaffaqiyatli davolangandan keyin ham organizmda «uxlayotgan» saraton hujayralari qoladi. Ular asosiy o‘smadan uzoqda joylashgan bo‘lishi mumkin: faol bo‘lmaganligi sababli preparatlar ta’sir qilmaydi.

Muayyan vaqtgacha bunday hujayralar katta zarar yetkazmaydi. Ammo, tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, og‘ir stress ularni faollashtirib yuboradi.

Olimlar tajriba o‘tkazish uchun o‘pka va tuxumdonida «uyqudagi» saraton hujayralari bo‘lgan sichqonlarni tanlab olishdi. Ular jonivorlarning harakatini cheklashgandi, kuchli stressga olib keldi. Ko‘pgina kemiruvchilarda o‘sma qaytalanishi rivojlana boshladi.

Stress ta’sirida sichqonlar organizmida noradrenalin va kortizol gormonlari ajralib chiqdi. Ular immun hujayralariga (neytrofillar) ta’sir ko‘rsatishgandi, S100A8 va S100A9 oqsillarini ishlab chiqara boshladi. Aynan shu oqsillar o‘sma hujayralarini «uyg‘otdi». Stress gormonlarini ishlab chiqarishni to‘xtatadigan beta-blokatorlar yuborilgan sichqonlar o‘sma qaytalanishidan qutulib qolishdi.

Olimlar, shuningdek, saraton kasalligiga chalingan odamlarning to‘qima namunalarini tahlil qildilar. Ma’lum bo‘lishicha, S100A8 va S100A9 oqsillari yuqori darajada bo‘lgan bemorlarda kasallik qaytalanishi ehtimoli ortadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring