Stomatolog tishlarni oqartiruvchi va mustahkamlovchi mahsulotlarni aytdi
Ba’zi oziq-ovqatlar tishlarni samarali va xavfsiz oqartirishga yordam beradi. Bu haqda rossiyalik stomatolog Vladimir Losev ma’lumot bergan.
Bunday mahsulotlar orasida birinchi o‘rinda olma turadi. Ularning tarkibidagi olma kislotasi tishni jozibali qilishga yordam beradi. Shuningdek, olma kislotasi o‘rik, shaftoli, gilos, uzum, olxo‘ri va nokda mavjud - bu mevalar tish emalini tozalash yengillashtirishga yordam beradi.
Shifokor, shuningdek, qulupnayning yaxshi oqartiruvchi xususiyatlarini ta’kidlab o‘tgan. Biroq, meva kislotasining ortiqcha miqdori emalga zarar yetkazishi mumkin.
Sog‘lom tishlarga sut mahsulotlari, shu jumladan tvorog va qattiq pishloqlar foydali, deydi tish shifokori. Ular oqartirish xususiyatiga ega emas, ammo emalni mustahkamlashga yordam beradi. Bundan tashqari, pishloq og‘iz bo‘shlig‘idagi zararli muhitni zararsizlantirishga qodir.
Shifokor, shuningdek, sabzi va seldereyning og‘iz bo‘shlig‘idagi bakteriyalarga qarshi kurash foydali ekanini qayd etdi. Apelsin iste’moli S vitaminining yuqori miqdori tufayli milklarni mustahkamlashga yordam beradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter