Stoltenberg: NATO Ukrainaning tashkilotga kirishini soddalashtirishi kerak
NATO davlatlari Vilnyusdagi sammitda Ukrainaning harbiy alyansga a’zoligi bo‘yicha harakatlar rejasiga rioya qilishga majburlamaslik taklifini muhokama qilishdi.
Bu haqda NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg ma’lum qilgan.
«2008-yildagi alyansga a’zolik oldidan Ukraina uchun keyingi qadam mazkur harakatlar rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘ladi, degan qarorga kelganimizdan beri mamlakat ancha yo‘l bosib o‘tdi. Ukraina NATOga ancha yaqin va men buni alyans qarorlarida aks ettirish vaqti keldi, deb hisoblayman.
Hal qiluvchi qaror qabul qilinmadi, ammo, biz Ukraina alyansga a’zo bo‘lishini va bu Ukrainaga ishonchli signal bo‘lishini aniq aytolamiz», – deydi Stoltenberg sammit oldidan.
Qayd etilishicha, Ukrainaning harbiy alyansga a’zoligi bo‘yicha harakatlar rejasiga besh bo‘limdan (siyosiy va iqtisodiy masalalar, shuningdek, mudofaa, resurslar, xavfsizlik va huquq masalalari) iborat.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter