Chexiyada ikki poyezd to‘qnashib ketdi: qurbonlar va boshqa tafsilotlar
Chexiya hududida Pernink qishlog‘i bilan Karlovi Vari kurort shahri o‘rtasidagi temiryo‘lda ikkita yo‘lovchi poyezdi to‘qnashib ketdi. Halokat paytida o‘nlab kishilar bo‘lganligi aytilmoqda. Ulardan uch nafari hayotdan ko‘z yumgan. Taxminan 30 kishi turli darajada jarohat olgan.
Karlovi Varidan Yoxangeorgenshtadtga kelayotgan 17110 raqamli poyezd hamda qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanayotgan 17113 raqamli poyezd to‘qnashib ketgan.
Hozirda Chexiya favqulodda vaziyatlar xodimlari hodisa joyiga yetib borishgan. Jumladan, shikastlanganlarga yordam berish uchun ikkita vertolyot ham uchib borgan.
Temiryo‘l inspeksiyasi bosh inspektori Yan Kucherning ta’kidlashicha, halokat yuz bergan zahoti bir kishi halok bo‘lgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, fojiaga aylangan to‘qnashuv bo‘yicha tergov harakatlari allaqachon boshlab yuborilgan.
Biroq mahalliy televideniye xodimlari qutqaruvchilarning so‘zlariga tayanib poyezdlarning bir emas, uch nafar yo‘lovchisi halok bo‘lganini xabar bergan, deb yozadi «Express».
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter