Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Stiven Hokingning hayoti haqida ko‘pchilik bilmagan qiziqarli 10 ta fakt

Stiven Hokingning hayoti haqida ko‘pchilik bilmagan qiziqarli 10 ta fakt

Stiven Xoking.

Foto: «Hi-tech.mail.ru»

«Hi-tech.mail.ru» nashri bugun, 14-mart kuni olamdan o‘tgan zamonamizning taniqli olimi Stiven Hoking haqida ko‘pchilikka ma’lum bo‘lmagan ma’lumotlarni to‘plab taqdim etdi.

  1. Siven Hoking 1942-yilning 8-yanvarida Oksfordda — taniqli astronom Galileo Galileyning o‘limidan 300 yil o‘tib tug‘ilgan. 21-yoshida unda neyron kasalligining kam uchraydigan shakli — amiotrofik yon sklerozi (ALS) aniqlangan. Shifokorlar unga bir necha yilgina umri qolganini aytishgan.
  2. Stiven maktabda yomon o‘qigan, biroq matematikani yaxshi tushungan va «kimyo bilan tartibsiz shug‘ullangan». 9-yoshida uning baholari sinfdagi eng yomonlardan biri bo‘lgan. Shunga qaramay o‘qituvchilar uning o‘ziga xos daho ekanligini tan olgan, shu sababli Stivenga «Eynshteyn» laqabini berishgan.
    Stiven Xoking «Yulduzlar yo‘li» filmida Eynshteyn va Nyuton rolini o‘ynagan aktyorlar bilan. Foto: «Hi-tech.mail.ru» 
  3. Stivenning otasi o‘g‘li tibbiyot bilan shug‘ullanishini istagan, biroq bolaning o‘zida biologiyaga qiziqish bo‘lmagan. U biologiyani «o‘ta noaniq» deya hisoblagan. Natijada u Oksfordda zarralar nazariyasi va kosmologiya bilan shug‘ullangan, chunki bu sohalar kam o‘rganilgan bo‘lib, kashfiyot qilish uchun imkoniyat ko‘p edi.
  4. Qirollik jamiyatining uchrashuvida Hoking taniqli astrofizik Fred Xoylning ma’ruzasini bo‘lib, unga xato qilganini bildirgan. Undan «Xatoni qanday aniqlading?» deb so‘rashganida Hoking «Shunchaki hammasini kallamda hisoblab ko‘rdim» deya javob qaytargan.
  5. 1970-yillarda Hoking o‘zining asosiy kashfiyotlarini amalga oshirgan, jumladan, kosmologiyadagi Hoking nurlanishini («qora tuynuklar» to tugamaguncha energiya taratadi). 1987-yilda u Moskvada akademik Dmitriy Saxarov bilan uchrashgan.
  6. 1980-yillarda professor Hoking hamda professor Jim Xartl vaqt va makon chegarasiga ega bo‘lmagan koinot modelini taqdim etgan. Uning konsepsiyasi «Vaqtning qisqacha tarixi» kitobida yozilgan bo‘lib, kitob butun dunyo bo‘ylab 25 million nusxada sotilgan. Hoking koinotni Yer sayyorasiga qiyoslaydi — «qayerga borma Yerning oxiri yo‘q». Biroq sayyora ikkita o‘lchamda mavjud bo‘lsa, koinot to‘rt o‘lchamda mavjuddir.

     

    Bill Geyts bilan. Foto: «Hi-tech.mail.ru» 
  7. 1985-yilda Stiven Hoking pnevmoniya bilan kasallangan. Uning ahvoli shu qadar og‘irlashganki, shifokorlar uni hayotini ta’minlab turgan tizimni uzib qo‘yishni istashgan. Stivenning rafiqasi Jeyn bunga yo‘l qo‘ymagan va shifokorlar uning hayotini saqlab qolish uchun traxeotomiya o‘tkazgan. Shunday qilib u gapirish qobiliyatidan ayrilgan va ovoz sintezatoridan foydalanishga o‘tgan. «Intel» kompaniya unga o‘z «ovozi»dan foydalanish imkoniyatini taqdim etganida Hoking buni rad etgan.
  8. Hoking — ilm-fanning o‘ziga xos «pop yulduzi». U «Simpsonlar», «Yulduzlar yo‘li», «Ulkan portlash nazariyasi» kabi multfilm va kinolar qahramoniga aylangan, «Pink Floyd» albomida ham chiqqan.
  9. Hoking bir talay ilmiy mukofotlarni qo‘lga kiritgan bo‘lsa-da, Nobel mukofotiga loyiq ko‘rilmagan. 30 yil davomida u Oksforddagi Isaak Nyuton ishlagan kafedrada faoliyat olib borgan.
  10. So‘nggi vaqtlarda Hoking faol tarzda global isish, yangi virus-qotil yoki ulkan kometaning Yerga qulashi tufayli insoniyatning halokatga uchrashini bashorat qilib kelgan. U odamlarga boshqa sayyoralarga ko‘chib o‘tishni tavsiya qilgan. O‘zga sayyoraliklar borligiga ham ishongan.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring