Shavkat Mirziyoyev marhum akademik oilasiga hamdardlik bildirdi
Fan arbobi, akademik, ko‘plab shogirdlarning ustozi Baxtiyor Nazarov 2022 yil 18 yanvar kuni uzoq davom etgan xastalikdan so‘ng vafot etgandi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev olim vafoti yuzasidan hamdardlik bildirdi. Ta’ziyada adabiyotshunos olimning ijodi, faoliyati haqida iliq fikrlar bildirilgan.
«Atoqli olim, mehribon ustoz, kamtarin inson Baxtiyor Nazarovning xotirasi qalblarimizda hamisha saqlanib qoladi», deyiladi hamdardlik maktubida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter