Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Stipendiyadan voz kechib, kontraktni kamroq to‘lash tizimini joriy etish muhokama qilinmoqda

Stipendiyadan voz kechib, kontraktni kamroq to‘lash tizimini joriy etish muhokama qilinmoqda

Foto:«Xabar.uz»

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida «2019-2020 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida»gi Prezident qarori loyihasi muhokama uchun joylashtirildi.

Loyihaga ko‘ra, 2019-2020 o‘quv yilidan boshlab:

-to‘lov-kontrakt asosida talabalikka qabul qilingan barcha bosqich talabalari stipendiyalardan voz kechish hisobiga yillik olinadigan stipendiya miqdoriga mos ravishda kamaytirilgan to‘lov-kotrakt pulini to‘lash huquqiga ega;

- OTMlarning sirtqi va kechki ta’lim bo‘limlarida o‘qitish to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi hamda o‘qitishning qiymati kunduzgi ta’lim shaklidan past bo‘lganligini inobatga olib, tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kunduzgi o‘qitish shakli qiymatidan ko‘p bo‘lmagan miqdorida belgilanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring