Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Statqo‘m 2020-yilda eng ko‘p xurmo eksport qilgan hududlarni ma’lum qildi

Statqo‘m 2020-yilda eng ko‘p xurmo eksport qilgan hududlarni ma’lum qildi

O‘zbekiston 2020-yilda 18 ta xorijiy davlatga qiymati 48,6 mln. AQSh dollariga teng 97,5 ming tonna xurmo eksport qilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davri bilan solishtirilganda 50,1 ming tonnaga ko‘p.

2020-yilda O‘zbekiston eng ko‘p xurmo eksport qilgan davlatlar:

-Qozog‘iston – 56,8 ming tonna
- Rossiya – 32,1 ming tonna
- Qirg‘iz Res. – 3,1 ming tonna
- Turkmaniston – 2,8 ming tonna
-  Ukraina –1,8 ming tonna
- Belarus Res. – 818,1 tonna

2020-yilda xorijga eng ko‘p xurmo eksport qilgan hududlar:

- Toshkent viloyati – 31,3 ming tonna
- Farg‘ona viloyati – 20,6 ming tonna
- Toshkent shahri – 16,5 ming tonna
- Namangan viloyati – 7,6 ming tonna
- Sirdaryo viloyati – 4,9 ming tonna

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring