Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rosselxoznadzor 19 tonna xurmoni O‘zbekistonga qaytarib yubordi

Rosselxoznadzor 19 tonna xurmoni O‘zbekistonga qaytarib yubordi

O‘zbekistondan Rossiyaning Chelyabinsk viloyatiga olib ketilayotgan xurmolarda karantin ob’yekti – Komstok chervetsi (Pseudococcus comstocki (Kuwana) aniqlangan. Shu sababli 19 tonnalik yuk O‘zbekistonga qaytarildi. Bu haqda Rosselxoznadzor hududiy boshqarmasi xabar berdi.

– Fitosanitariya ekspertizasi davomida umumiy og‘irligi 19 tonna bo‘lgan xurmo partiyasida Rossiyada karantin ob’yekti bo‘lgan Komstok chervetsi aniqlandi. Bu o‘simliklarning ayrim turlarida uchraydigan va yo‘q qilish qiyin bo‘lgan zararkunanda hisoblanadi. Xurmolardagi mog‘orlash sababi ham shunda, – deyiladi nazorat agentligi xabarida.

Hozirda mahsulot o‘z egasiga topshirilgan va unga Rossiya qonunchiligida o‘simliklar karantini sohasidagi talablar tushuntirilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning yozida Chelyabinsk viloyati savdo rastalarida O‘zbekiston va Turkmanistondan olib kelingan salkam 600 tonna zararlangan olxo‘ri va pomidor mahsulotlari aniqlangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring