O‘zbekiston xorijga xurmo eksportini kamaytirdi
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021-yilda O‘zbekiston 12 ta xorijiy davlatga qiymati 34,4 mln. AQSh dollariga teng 75,2 ming tonna xurmo eksport qilgan.
Xurmo eksporti 2020 yil bilan solishtirilganda 22,2 ming tonnaga kamaygan.
2021 yilda O‘zbekiston eng ko‘p xurmo eksport qilgan davlatlar:
- Qozog‘iston – 38,2 ming tonna;
- Rossiya – 30,2 ming tonna;
- Turkmaniston – 3,3 ming tonna;
- Qirg‘iz R. – 2,1 ming tonna;
- Ukraina – 892 tonna;
- Belarus – 620 tonna.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter