Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

SSV vazirining ikki o‘rinbosari ishdan olindi

SSV vazirining ikki o‘rinbosari ishdan olindi

Yig‘ilishda tibbiy sug‘urtani joriy qilish surunkali surilib kelayotgani keskin tanqid qilindi. Toshkent shahrida o‘tgan yili, Qoraqalpog‘iston, Navoiy, Samarqand, Farg‘ona, Surxondaryo va Xorazmda bu yili ushbu tizim ishga tushishi kerak edi. Sug‘urta jamg‘armasi faqat tayyor pulni taqsimlovchiga aylanib qolgani ko‘rsatib o‘tildi.

«Belgilangan islohotlarimiz qanchalik to‘g‘ri bo‘lmasin, tizim raqamlashmasa, kutilgan natijaga erisha olmaymiz», - dedi Prezident.

Lekin mutasaddilar tizimni to‘liq raqamlashtirish u yerda tursin, oddiy «elektron retsept»ni ham ishga tushira olmagani tanqid qilindi. «Elektron poliklinika», «Elektron shifoxona»ni joriy etishda ham jiddiy oqsoqliklar bor.

«Vazirlik rahbarlari dunyoqarashini o‘zgartirib, fidoyi bo‘lmasa, mas’uliyatni his qilib, so‘rovni kuchaytirmasa, islohotlar mahallagacha yetib bormaydi», - dedi davlat rahbari.

Shu bois, yo‘l qo‘yilgan kamchilik va xatolar uchun sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosarlari D.Sultanov, F.Sharipov lavozimidan ozod etildi, vazir o‘rinbosari O.Omonov 6 oyda raqamlashtirishda o‘zgarish qilmasa, ishdan olinishi haqida ogohlantirildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring