SSV tizimidagi ikki amaldor ishdan olindi

«O‘zmedimpeks» direktori va vazirlik mas’ul xodimi o‘z vazifasidan ozod etildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, vazirning tegishli buyrug‘iga asosan, xizmat faoliyatida yo‘l qo‘ygan xato va kamchiliklari hamda tizimda davlat xaridlarini amalga oshirishdagi sustkashligi uchun «O‘zmedimpeks» davlat unitar korxonasi direktori D.Kattaxo‘jayev va vazirlikning Dori vositalari, tibbiy buyumlar va jihozlar muomalasini tartibga solish hamda muruvvat yordamini muvofiqlashtirish boshqarmasi mas’ul xodimi egallab turgan vazifasidan ozod etildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter