SSV tizimida bir qator rahbarlar ishdan olindi
Sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov rahbarligida o‘tgan Hay’at yig‘ilishida bir qator rahbar xodimlar ishdan olindi.
SSV matbuot xizmati xabariga ko‘ra, berilgan topshiriq va vazifalar hamda qo‘yilgan talablarni o‘z vaqtida bajarmagani sababli «O‘zmedimpeks» MChJ direktori A.Nabiyev, Bolalar milliy tibbiyot markazi direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi A.Sharipov egallab turgan lavozimidan ozod qilindi.
Shuningdek, o‘z yo‘nalishida yetarli natija ko‘rsata olmagani bois vazirlikning Dori vositalari va tibbiy buyumlar va jihozlar muomalasini tartibga solish va muruvvat yordamini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i X.Ganiyeva hamda yana bir qator mas’ullar ham ishdan olingani ma’lum qilindi.
Vazirning tegishli buyrug‘i bilan Investitsiya va grant loyihalarini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajarib kelgan N.Rasulov ham ishdan bo‘shatilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter