Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Pishiriqlar ichidan chiqayotgan tabletkalar: SSV mish-mishlarga aniqlik kiritdi

Pishiriqlar ichidan chiqayotgan tabletkalar: SSV mish-mishlarga aniqlik kiritdi

Foto:«Xabar.uz»

Ijtimoiy tarmoqlarda ishlab chiqarilgan manzili aniq bo‘lmagan keks yoki shunga o‘xshash shirin pishiriqlar ichidan noma’lum tarkibli tabletkalar chiqayotganligi, uni iste’mol qilganlarda falajlik holatlari kelib chiqayotganligi to‘g‘risida videoxabarlar tarqaldi. 

Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabariga ko‘ra, bu xabarlar asossiz. 

Avvalo, aholidan bu kabi asoslanmagan xabarlarga ishonmasliklarini, bu borada umuman xavotirga o‘rin yo‘q ekanini alohida ta’kidlamoqchimiz.

«Mamlakatimizda ishlab chiqarilgan yoki xorijdan respublika hududiga olib kiriladigan har qanday turdagi oziq-ovqat mahsulotlari, jumladan, keks va shunga o‘xshash shirin pishiriqlarni xavfsizligini kafolatlash uchun, mahsulot olib kelgan tadbirkor murajaatiga asosan sanitariya vrachi joyiga chiqib, mahsulot sifati, uni saqlash sharoiti, olib kelingan avtotransport holatini to‘liq o‘rganadi, – deydi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori Bahrom Almatov. – Mahsulotdan sanitariya-kimyoviy, mikrobiologik, radiologik tekshiruvlar uchun namunalar olinib, tegishli laboratoriyalarga topshiriladi. Tahlil natijalari amaldagi sanitariya me’yor va qoidalarga to‘liq javob bergan taqdirda sanitariya-epidemiologik xulosa rasmiylashtirilib, mahsulotning havfsizligini kafolatlaydi.

Alohida ta’kidlash joizki, 2019-yil 15-noyabr holatiga qadar Sog‘liqni saqlash vazirligi tasarrufidagi shifoxonalarga yuqoridagi kabi mahsulotlar bilan zaharlanish yoki kasallik alomatlari bilan aholi tomonidan hech qanday murojaatlar bo‘lmagan. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi va uning hududiy markazlariga ham ma’lumotlar kelib tushmagan» deyiladi munosabatda. 

Vazirlik bunday asoslanmagan xabarlarga ishonib sarosimaga tushmaslikni,  zudlik bilan hududiy Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazlariga hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligiga murojaat qilishni so‘ragan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring