Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sportni yoqtirmaysiz, biroq sog‘lom bo‘lishni istaysiz. Unda bu maslahat siz uchun

Sportni yoqtirmaysiz, biroq sog‘lom bo‘lishni istaysiz. Unda bu maslahat siz uchun

Foto: Medical Xpress

Epidemiolog professor I-Min Lining aytishicha, sog‘lom bo‘lish uchun sport bilan shug‘ullanish shart emas, istalgan jismoniy faollik kifoya. Asosiysi — juda ko‘p energiya sarflash va ko‘p harakatlanish.

Salomatlikni yaxshilash uchun qancha harakatlanish kerak? Javobi bitta: qancha ko‘p bo‘lsa — shuncha yaxshi. Istalgan jismoniy faollik organizm uchun koni foyda.

Qolaversa, jismoniy faollikdan maqsad nimaligiga ham ko‘p narsa bog‘liq. Birovlar shunchaki jismonan yaxshi holatda bo‘lishni, yana ayrimlar ozishni, kimdir esa turli kasalliklarga yo‘liqmaslikni xohlaydi. 

«Agarda siz uzoq vaqt kam harakatlangan bo‘lsangiz, unda jismoniy faollikni sekin-asta, bosqichma-bosqich oshirib boring», deb tavsiya qildi Salemdagi Spolding ambulatoriya markazi shifokori Kristina Rujeri.

Odatda jismoniy tarbiyaga haftasiga 5 marta 30 daqiqadan vaqt ajratish tavsiya qilinadi. Biroq kuniga 10 daqiqa piyoda yurib, qolgan 20 daqiqani mashqlarga ajratsa ham bo‘laveradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring