«Spark» haydovchisi hodisa joyida vafot etdi
Joriy yilning 5-noyabr kuni soat 03:30 larda, Toshkent shahar, Olmazor tumani, Keles yo‘li ko‘chasi, 4A-uy qarshisida, haydovchi, 1991-yilda tug‘ilgan Q.T. «Spark» rusumli avtomobil tezligini me’yoridan oshirgan holda harakatlanayotib, boshqaruvni yo‘qotgan va yo‘l chetidagi daraxtga urilgan.
IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, haydovchi og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan. Shuningdek, ushbu avtomobil yo‘lovchisi 34 yoshli K.Q. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.
Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB huzuridagi TB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter