Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Soxta tabiblarga nisbatan javobgarlik belgilanmoqda

Soxta tabiblarga nisbatan javobgarlik belgilanmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida bir guruh deputatlar tomonidan qonunchilik tashabbusi huquqi asosida ishlab chiqilgan — «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida»gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda konseptual jihatdan ko‘rib chiqildi.

Ta’kidlanganidek, «Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida»gi Qonunda sog‘liqni saqlash amaliyotida tashxis qo‘yish va davolashning faqat qo‘llashga ruxsat etilgan usullaridan foydalanilishi belgilangan.

Ammo tashxis qo‘yish va davolashning ruxsat etilmagan usullarini qo‘llagan holda tibbiy yordam ko‘rsatganlik uchun javobgarlik choralari nazarda tutilmagan.

Mazkur qonun bilan fuqarolarga tibbiy tashxis qo‘yish va ularni davolash xizmatlarini xalq tabobati sohasidagi faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega bo‘lmagan shaxs tomonidan ko‘rsatganlik, shuningdek xizmatlarni xalq tabobati yo‘nalishida ruxsat etilmagan usullarni qo‘llagan holda moddiy qimmatliklar olish yoki mulkiy naf olish evaziga ko‘rsatganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilanmoqda.

Shu bilan birga, mazkur xizmatlarni omma oldida targ‘ib qilganlik uchun ma’muriy javobgarlik o‘rnatilmoqda. Bundan tashqari, «Reklama to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni xalq tabobati yo‘nalishida ruxsat etilmagan usullarni qo‘llagan holda fuqarolarga tibbiy tashxis qo‘yish va ularni davolash xizmatlarini reklama qilishni taqiqlovchi norma bilan to‘ldirilmoqda.

Qonun loyihasi deputatlar tomonidan uchinchi o‘qishda qabul qilindi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring