Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sovuq va yomg‘irli kunlar yaqinlashmoqda

Sovuq va yomg‘irli kunlar yaqinlashmoqda

Foto: «Xabar.uz»

«O‘zgidromet» 17-20-oktyabr kunlariga kutilayotgan ob-havo ma’lumotini taqdim qildi.

Qoraqalpog‘iston, Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 18 oktyabrda ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 17 oktyabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.

Harorat 17 oktyabrda kechasi 5-10°, kunduzi 15-20°, 18 oktyabrda kechasi 3-8°, kunduzi 13-18°, 19 oktyabrda kechasi 0-5° iliqgacha, ba’zi joylarda 2° sovuqgacha, kunduzi 13-18° gacha pasayadi, 20 oktyabrda kechasi 2-7°, kunduzi 17-22° bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 17 oktyabrda ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi, 18 oktyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin, 19-20 oktyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.

17-18 oktyabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat 17 oktyabrda kechasi 9-14°, kunduzi 20-25°, 18 oktyabrda kechasi 7-12°, kunduzi 15-20°, 19 oktyabrda kechasi 3-8°, kunduzi 15-20°, 20 oktyabrda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 18-23° bo‘ladi.

Navoiy viloyatining shimolida 17 oktyabrda kechasi 5-10°, kunduzi 15-20°, 18 oktyabrda kechasi 3-8°, kunduzi 13-18°, 19 oktyabrda kechasi 0-5°, ba’zi joylarda 2° sovuqgacha, kunduzi 13-18°, 20 oktyabrda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 17-22° bo‘ladi

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 17 oktyabrda ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi, 18 oktyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

19 oktyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 20 oktyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 18 oktyabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.

Harorat 17 oktyabrda kechasi 8-13°, kunduzi 20-25°, 18 oktyabrda kechasi 5-10°, kunduzi 15-20°, 19 oktyabrda kechasi 3-8°, kunduzi 15-20°, 20 oktyabrda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 17-22° bo‘ladi.

Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 17 oktyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 18 oktyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin, 19 oktyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 20 oktyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 18 oktyabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.

Harorat 17 oktyabrda kechasi 7-12°, kunduzi 22-27°, 18 oktyabrda kechasi 7-12°, kunduzi 15-20°, 19-20 oktyabrda kechasi 3-8°, kunduzi 15-20° bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 17 oktyabrda ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi, 18 oktyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin, 19 oktyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 20 oktyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 18 oktyabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.

Harorat 17 oktyabrda kechasi 7-12°, kunduzi 22-27°, 18 oktyabrda kechasi 7-12°, kunduzi 15-20°, 19-20 oktyabrda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 15-20° bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, 17-19 oktyabrda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi, baland tog‘larda yog‘ingarchilik (yomg‘ir qorga aylanishi mumkin). Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 18 oktyabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 17 oktyabrda kechasi 8-13°, kunduzi 20-25°, 18 oktyabrda kechasi 3-8°, kunduzi 15-20°,19 oktyabrda kechasi 2° sovuqgacha-3° iliqgacha, kunduzi 3-8° iliqgacha, 20 oktyabrda kechasi 2° sovuqgacha-3° iliqgacha bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring