Sovitgichdagi eng foydali mahsulotlar
To‘g‘ri ovqatlanish bo‘yicha amerikalik mutaxassis Ebbi Gellman har doim yonimizda bo‘lishi lozim bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarini ma’lum qildi. U foydali taom tayyorlash uchun bir haftaga yetadigan masalliqlarni g‘amlab qo‘yadi.
Diyetolog «Women’s Health» bergan intervyusida muntazam ravishda g‘amlab yuradigan oziq-ovqat mahsulotlariga meva- sabzavot, bodom suti, yunon yogurti va tovuq tuxumi kirishini ma’lum qildi. Bundan tashqari, Gellman sovitgichda hamisha kombuchi ichimligini (boshqacha aytganda, choy zamburug‘i) saqlashini, uni har kuni bir shishadan ichishini aytib o‘tdi.
Bitta tuxumda olti gramm oqsil mavjud. Bundan tashqari, uning tarkibida D vitamini, xolin, lyutein va zeaksantin kabi 13 xil muhim vitamin va minerallar mavjud.
Diyetolog yunon yogurtini universal moddalardan biri hisoblaydi. Uni nonushta paytida meva va yong‘oq bilan aralashtirib iste’mol qilish mumkin, shuningdek, mayonez o‘rniga salatlarga qo‘shsa ham bo‘ladi. Ushbu mahsulotdan pishiriqlarda ham foydalaniladi. Yunon yogurtini toblab pishirilgan kartoshka bilan birga iste’mol qilish juda mazali va foydalidir.
Uning tarkibida oziq moddalar bisyor bo‘lib, bir porsiyasida 15 grammgacha oqsil bor. Bu kalsiy, V12 vitamini va boshqa darmondorilarning yaxshi manbai, deydi Gellman.
Bodom suti juda foydali, to‘yimli, shu bilan birga, mazali mahsulot sanaladi. U o‘simlik parheziga amal qiluvchilar yoki laktozaga allergiyasi borlar uchun ayni muddao. Diyetologning fikricha, bodom suti ko‘pgina o‘simlik mahsulotlarida yetishmaydigan D vitamini va kalsiy yetishmovchiligining o‘rnini to‘ldirishga yordam beradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter