So‘rov: nemislarning 40 foizdan ko‘prog‘i Merkelning ketishini istamoqda
![So‘rov: nemislarning 40 foizdan ko‘prog‘i Merkelning ketishini istamoqda](https://static.xabaruz.com/crop/3/3/720_460_95_3334794304.jpg)
«YouGov» so‘rovi natijalariga ko‘ra Germaniya aholisining 43 foizi mamlakat kansleri Angela Merkelning ketishini istamoqda, 42 foiz kishi esa uning lavozimida qolishi tarafdori. 15 foiz qatnashchilar bu savolga javob berish qiyinligini qayd etishgan. Bu haqda «Korrespondent.net» xabar qilmoqda.
Bundan tashqari Merkel «Yashillar» ekologik partiyasi saylovchilari ichida eng mashhur sanalib, ularning har uchtadan ikkitasi Merkelning o‘z o‘rnida qolishini istaydi.
Avvalroq «Forbes» tomonidan e’lon qilingan jahonning nufuzli shaxslari qatorida Merkel to‘rtinchi pog‘onani egallagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter