Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Germaniya va Angliya orzusi chippakka chiqdi

Germaniya va Angliya orzusi chippakka chiqdi

Foto: Prezident matbuot xizmati.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand shahri bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.

Unda “S.S” MChJ ta’sischisi O.O‘. va ish boshqaruvchisi S.R. internet ijtimoiy tarmog‘ida xorijiy davlatlarga ishga yuborishlari haqida e’lon berib, 6 nafar fuqaroni Germaniya va Angliya davlatlariga ishga yuborishlari evaziga ularning jami 12 700 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganliklari aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Uchtepa tumani bo‘limi, DXX va IIV xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Ye.M. fuqaro I.S. va uning 4 nafar tanishlarini 12 000 AQSh dollari evaziga Germaniya davlatiga borishi uchun viza olib berishini aytib, shundan 6 000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlar o‘tkazilmoqda

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring