«Soqqa»ni sanang, hokim qarorini chiqarish bizga tan!»

Namanganda 5 gektar yer maydoni savdosi «pishmadi». Ikki sherik - J. A. va X. R. bir bo‘lib, fuqaro M.ga «D.» xususiy korxonasiga qarashli 5 gektar yer maydonini unga bog‘ tashkil qilish uchun tuman hokimi qarorini chiqartirib berishga ishontirishdi go‘yo. Bekorga emas, albatta. Buning «xizmat» bahosi aytishdi: 10 ming «ko‘ki»dan ham ko‘proq ekan. M. rozilik bildirdi: «xo‘p, gaplashamiz». Keyingi suhbat tergovchi huzurida bo‘ldi. Chunki, «xaridor» to‘g‘ri tegishli organga murojaat qilgan, Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Namangan viloyat boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda «hojatbarorlar» 7 500 AQSh dollari va 26 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangandi-da.
Bosh prokuratura matubot xizmatiga ko‘ra, ayni paytda ularga nisbatan firibgarlik (168-modda) alomatlari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda. Bu jarayonda jinoyat ishi bo‘yicha boshqa figurantlar paydo bo‘lishi ehimoldan holi emas.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter