So‘nggi 20 yilning eng saxovatpesha insoni aniqlandi
«Sunday Times» britan nashrining «Giving list» reytingi o‘zbek-rus milliarderi Alisher Usmonovni so‘nggi 20 yilning eng saxovatpesha insoni deya e’tirof etdi. Bu haqda «Mash» telegram-kanali yozmoqda.
«Tumanli Albion»da o‘tkazilgan hisob-kitoblarga ko‘ra, faqat 2020 yilning o‘zida Usmonov va uning kompaniyasi 500 million funt-sterlingni xayriya maqsadlariga yo‘naltirgan. Bundan tashqari, 134 million funt koronavirusga qarshi kurashish uchun Rossiya, O‘zbekiston va Italiyaga ajratilgan, deyiladi xabarda.
Alisher Usmonov so‘nggi 20 yil davomida xayriya qilgan mablag‘ 4,2 milliard funt-sterlingni tashkil etadi. Britan nashri Usmonovga eng yirik saxovatpesha maqomini berishdan tashqari, uning koronavirusga qarshi kurashdagi hissasini ham yuqori baholadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter