Soliq tizimida bir qator rahbarlar jazolandi
Soliq qo‘mitasi ortiqcha undirilgan foyda solig‘i bo‘yicha bo‘nak to‘lovlar qaytarilishini ma’lum qildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida qayd etilgan foyda solig‘i bo‘yicha holatlar Soliq qo‘mitasi tomonidan o‘rganildi.
Tezkor o‘rganish natijalari tanqidiy ravishda ko‘rib chiqilib, quyidagi chora-tadbirlar belgilab olindi:
- birinchidan, ushbu kamchiliklarga yo‘l qo‘yganliklari uchun Soliq qo‘mitasi mas’ul nazorat departamenti boshlig‘i B.Muqimov va Toshkent shahar bo‘lim boshlig‘i O.Lutfillayev egallagan lavozimlaridan ozod etildi;
- ikkinchidan, Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig‘i Yu.Nasimjanov va Boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari J.Mirpo‘latovning maxsus unvonlari bir pog‘onaga pasaytirilib, intizomiy jazo chorasi belgilandi;
- Shuningdek, Soliq qo‘mitasi soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish departamenti boshlig‘i X.Bazarovga nisbatan hayfsan intizomiy jazo chorasi tayinlandi.
- uchinchidan, foyda solig‘i bo‘nak to‘lovlari hisobidan budjetga undirilgan ortiqcha mablag‘larni 28 mart kuni soat 13:00 ga qadar soliq to‘lovchilarga to‘liq qaytarish vazifasi belgilandi;
- to‘rtinchidan, qayd etilgan holatlar bo‘yicha Toshkent shahar soliq organlarida maxsus boshqarma tomonidan xizmat tekshirishi o‘tkazish va natijalari bo‘yicha hujjatlarni huquqni himoya qilish organlariga yuborish vazifasi topshirildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter