Sog‘liqni saqlash xodimlari uchun «Ayol qalbi» filmining maxsus namoyishi o‘tkazildi

Bugun Kinochilar uyida sog‘liqni saqlash tizimi vakillari uchun «Ayol qalbi» badiiy filmining maxsus namoyishi tashkil etildi.
Namoyish avvalida Sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari Elmira Bositxonova va Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazidan Barno O‘ngboyevalar so‘zga chiqib, film ijodkorlarini yangi kinoasar bilan tabriklashdi.
Yaqinda Davlat rahbarining shifokorlar bilan uchrashuvida ushbu serzahmat kasb sohiblari haqida filmlar yaratish va ularni xalqimizga namoyish etish masalasiga alohida e’tibor qaratilgan edi. So‘ngi yillarda Kinematografiya agentligi buyurtmasi bilan shifokorlar hayoti va faoliyati aks etgan 10 dan ortiq badiiy va hujjatli film yaratildi. «Ayol qalbi» ham ushbu soha vakillari haqida bo‘lib, unda kasbiga sodiq shifokor ayol taqdiri xaqida hikoya qiladi.
Film Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan rejissyor Jamilaxon Po‘latova tomonidan suratga olingan. Ssenariy mualliflari Jamilaxon Po‘latova va Zulfiya Yo‘ldosheva, operatorlar Dilmurod Turdiboyev, Diyor Ismatov, postanovkachi rassom Erkin Xushmatov, kompozitorlar Shuhrat Zokirov, Sardor Ergashev, kartina direktori Muzaffar Sa’dullayev.
Bosh qahramonni O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ra’no Shodiyeva gavdalantirgan. Shuningdek, filmda Gulchehra Jamilova, Zuhra Ashurova, Ra’no Yarasheva, Dildora Umarova, Ulug‘bek Yunusov, Ulug‘bek Rustamov kabi mahoratli aktyorlar rol ijro etgan.
Tibbiyot xodimlari «Ayol qalbi» badiiy filmini iliq kutib olishdi. Film ular uchun agentlik tomonidan munosib tuhfa bo‘ldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter