O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sog‘liqni saqlash xodimi vafot etdi

Sog‘liqni saqlash vazirligining O‘smirlar va chaqiriluvchi yoshlarga tibbiy yordamni tashkil etish markazi direktori Ibragim O‘rinboyev 74 yoshida vafot etdi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda.
I. O‘rinboyev 1946-yil 11-dekabrda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. 1970-yil Toshkent davlat tibbiyot institutini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini Toshkent shahar sanitariya-epidemiologiya stansiyasi vrach-epidemiologi sifatida boshlab, qator tizim muassasalarida mas’uliyatli lavozimlarda ishlagan. Jumladan, Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i birinchi o‘rinbosari, Jizzax viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i, Sog‘liqni saqlash vazirligi bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari kabi lavozimlarda samarali faoliyat yuritgan. U «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sog‘liqni saqlash xodimi» faxriy unvoniga saozovor bo‘lgan.
Sog‘liqni saqlash vazirligi butun mehnat faoliyatini tibbiyot sohasiga baxsh etgan fidoyi shifokor, tashkilotchi rahbar O‘rinboyev Ibragim Zayliyevichning vafoti munosabati bilan marhumning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter