Sog‘liqni saqlash vaziri boshchiligida yurish marafoni tashkil etildi
Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan mamlakatimiz bo‘ylab joriy yilning 16-mart kuni Respublika yurish marafoni tashkil etildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Jumladan, erta tongdan Toshkent shahridagi muhtasham va ko‘rkam Milliy stadionida Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shadmanov boshchiligida vazirlik markaziy apparati xodimlari, tizimdagi muassasalar rahbarlari, tibbiyot oliy o‘quv yurtlari rektorlari ishtirokida yurish marafoni tashkil etildi. Yurtimizning taniqli san’atkorlari, madaniyat namoyondalari o‘zlarining chiqishlari bilan tadbirga fayz kiritgan bo‘lsa, tibbiyot xodimlari tomonidan sog‘lom turmush tarzining ahamiyati, jumladan, yurishning sog‘lik uchun foydali jihatlari haqida suhbatlar o‘tkazildi.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotiga ko‘ra, inson salomatligi 55 foiz holatda sog‘lom turmush tarziga, 20 foizi yashayotgan ekologik muhitiga, 15 foizi irsiy omillarga, bor yo‘g‘i 10 foizi tibbiyotga bog‘liq ekan. Demak, sog‘lom turmush tarziga muntazam ravishda amal qilish turli xastaliklardan holi, chiroyli va baxtli yashash omilidir. Eng muhimi, millat genofondiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter