Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sog‘liqni saqlash tizimida yangi tayinlov amalga oshdi

Sog‘liqni saqlash tizimida yangi tayinlov amalga oshdi

Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli buyrug‘i bilan Tangriberdiyev Ko‘palbay Raimberdiyevich Xorazm viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

K. Tangriberdiyev 2000-yilda 1-Toshkent davlat tibbiyot instituti Urganch filialini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 1-Toshkent davlat tibbiyot instituti Urganch filiali «Gospital terapiya» kafedrasi assistenti sifatida boshlagan.

Turli yillarda Xorazm viloyat kardiologiya markazi shifokori, Xonqa tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari va boshlig‘i kabi lavozimlarda ishlagan.

Tayinlovga qadar K. Tangriberdiyev Xorazm viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bosh shifokori sifatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring