Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar soni ko‘paymoqda – SSV

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar soni ko‘paymoqda – SSV

Foto: Xabar.uz

Buxoro viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasidan yana 11 nafar bemor butkul sog‘aydi. Ular viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas’ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi. Bu haqda SSV axborot xizmati xabar bermoqda.

Sog‘ayganlarning barchasi charter reys orqali Turkiyadan Buxoroga kelishgan bo‘lib, «Sitorai Mohi Xosa» sanatoriysida karantinga olingan. Koronavirus infeksiyasi tasdiqlangach, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga joylashtirilgan. Bemorlarning 3 nafari erkak, 8 nafari ayollardir. Ulardan 5 nafari poytaxtimizdan, 2 nafari Toshkent viloyatidan bo‘lsa, Buxoro, Samarqand, Namangan va Andijon viloyatlaridan esa 1 nafarni tashkil etadi. Ular orasida eng yoshi kattasi 56 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 30 yoshda.

Ushbu muvaffaqiyatli qadamlarga sabab koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlarga malakali shifokorlar tomonidan sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatilayotgani desak, xato bo‘lmaydi. Viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasidan shu paytga qadar 28 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 39 nafarga yetdi.

Ayni paytga qadar mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan jami 140 nafar bemor to‘liq sog‘aydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring