Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Soch to‘kilishiga qarshi ikkita tabiiy vosita topildi

Soch to‘kilishiga qarshi ikkita tabiiy vosita topildi

Foto: Shutterstock

Yaponiyaning Rohto Pharmaceutical Co farmatsevtika kompaniyasi olimlari filodendron po‘stlog‘i hamda mandarinning quritilgan po‘chog‘idan tayyorlangan ekstraktlar erkaklarda soch to‘kilishiga qarshi samara berishini aniqlashdi. Bu haqda Daily Mail yozmoqda.

Olimlar laboratoriya sharoitida o‘simliklar asosidagi qator qo‘shimchalarni sinovdan o‘tkazishdi va filodendron po‘stlog‘i hamda chinpi sitrusi po‘chog‘idan tayyorlangan ekstraktlar soch folikullalarida PlGF darajasini mos ravishda 2,1 va 2,2 baravar oshirishini aniqlashdi.

PlGF — dermal so‘rg‘ichlar hujayralari tomonidan ishlab chiqiluvchi oqsil. U quyi soch ildizlarida sochlarning shakllanishida asosiy rolni o‘ynaydi.

Filodendron — Osiyoning tropik o‘lkalarida o‘suvchi daraxt. Chinpi — quyoshda quritilgan mandarin po‘chog‘i, Xitoy xalq tabobatida ko‘p qo‘llaniladi.

Yapon olimlari kelgusi bosqichda shu natijalar asosida ham erkaklar, ham ayollarda soch to‘kilishiga qarshi dori-darmonlar ishlab chiqarishmoqchi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring