Soch-soqoli o‘sgan o‘quvchilarning ota-onasi jarimaga tortilgani rad etildi
Ijtimoiy tarmoqlarda sochi o‘stirilganligi, soqoli olinmaganligi uchun o‘quvchilarning ota-onasi go‘yoki jarimaga tortilgani haqidagi xabarlar tarqalmoqda.
Toshkent shahar IIBB mazkur xabar yuzasidan izoh berdi.
Mazkur holat haqiqatdan yiroq bo‘lib, o‘quvchining tashqi qiyofasi uchun ota-onalar ma’muriy javobgarlikka tortilmaydi.
«Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasiga ko‘ra, ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaganlik uchun ma’muriy javobgarlikka tortilishi mumkin» deyiladi izohda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter