Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sochlarni erta oqarishdan asrovchi mahsulotlar — diyetolog tavsiya qiladi

Sochlarni erta oqarishdan asrovchi mahsulotlar — diyetolog tavsiya qiladi

Illyustrativ foto

Temir, rux, mis moddalari, B12, D, A darmondorlari, foliy kislotasi va selenga boy oziq-ovqatlar sochlarga erta oq tushishining oldini oladi. Britaniyalik farmatsevt va diyetolog Paula Martin Klares Bristol Life nashri bilan suhbatda bu haqda ma’lum qildi.

Sabzi A vitaminiga boy, shu bois nafaqat ko‘z salomatligi, shuningdek, sochlar uchun ham foydalidir.

Brokkolini doim iste’mol qilish lozim. Bu sabzavot B, C va A darmondorilarining koni.

Rux va selenga boy yong‘oq sochlarning erta qarishi (yoki oqarishi)ning oldini oluvchi gormonlar ishlab chiqaradi.

Chechevitsa organizmda temir moddasi yetishmovchiligini to‘ldirishda yordam beradi, losos, sardina va skumbriya kabi baliqlar esa organizmni omega-3 va kalsiy bilan ta’minlaydi.

Tovuq tuxumining sochlar uchun ahamiyati juda katta. Biotinga boy bu mahsulot sochlarni qurib qolishdan asrab, sog‘lom ko‘rinish beradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring