Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sobiq rahbar sug‘urta pullarini o‘zlashtirdi

Sobiq rahbar sug‘urta pullarini o‘zlashtirdi

Buxoro shahrida sug‘urta mablag‘larini talon-toroj qilish holati aniqlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro shahar bo‘limi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, «I.S.» AJ Buxoro filiali sobiq rahbari E.A. va boshqalar 23 nafar mijoz bilan tuzilgan sug‘urta polislari uchun undirilgan 55,1 mln so‘m naqd pulni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring