Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sobiq prezidentga jiddiy ayblov qo‘yildi

Sobiq prezidentga jiddiy ayblov qo‘yildi

Foto: Manuel Claure/Reuters

Boliviyaning sobiq prezidenti Evo Moralesga qarshi surishtiruv boshlandi: u voyaga yetmagan qizning nomusiga tegishda ayblanyapti. Bu haqda mamlakat adliya vaziri Sesar Siles bayonot berdi.

Silesning ta’kidlashicha, gap sakkiz yil davomida jazolanmay qolgan jinoyatlar haqida ketmoqda. Nomusi toptalgan qiz 15 yoki 16 yoshda bo‘lgan. Shundan so‘ng u qiz farzand ko‘rgan, tug‘ilganlik haqidagi guvohnomada otasining ismi ko‘rsatilgan joyga Evo Morales deb yozilgan.

Mahalliy matbuot jabrlanuvchi 2014-yilda asos solingan «Evo avlodi» yoshlar tashkiloti a’zosi bo‘lgan degan taxminni ilgari suryapti.

Morales o‘ziga qarshi surilayotgan barcha ayblovlarni rad etib, ularning ortida siyosiy maqsadlar yotganini aytdi. Ta’kidlashicha, barcha neoliberal hukumatlar uni ta’qib etib, qamoqqa tiqishga urinib kelgan.

Evo Morales 2025-yilgi saylovda qatnashib, yana prezident bo‘lishni maqsad qilgan.


Evo Morales (1959-yilda tug‘ilgan) — Boliviyaning 2006–2019-yillardagi prezidenti. Mamlakatda yuz bergan ommaviy tartibsizliklardan so‘ng 2019-yil 10-oktyabrida iste’foga chiqqan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring