Sobiq prezident sog‘ligi yomonlashgani tufayli ozodlikka chiqdi
Janubiy Koreyaning hibsdagi sobiq prezidenti Li Myon Bak garov tufayli ozodlikka chiqdi. Bu haqda «Yonxap» agentligi xabar berdi.
Sobiq prezidentning ozod etilishiga sog‘lig‘idagi muammolari sabab bo‘lgan. Li Myon Bak o‘tgan yili mart oyida korrupsiya, mansabini suiste’mol qilish, saylov qonunchiligini buzish va soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlashda ayblanib hibsga olingan, oktyabrda 15 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgandi.
Ammo Li Myon Bak barcha ayblovlarni inkor etgandi. U Koreya Respublikasini 2008-2013-yillarda boshqargan.
Li Myon Bak qamalgan Janubiy Koreya sobiq prezidentlari ichida yolg‘iz emas. Undan so‘ng, 2013-2017- yillarda rahbarlik qilgan Pak Kin Xe 2018-yilning aprelida 24 yil ozodlikdan mahrum etilgandi va unga yana 8 yil qo‘shilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter