Sobiq prezident nafaqasi kamligi va muhtojlikdan shikoyat qildi
Polsha sobiq prezidenti Lex Valensaning aytishicha, uning barcha xarajatlari uchun nafaqasi yetarli emas va qo‘shimcha pul ishlashga majbur bo‘lgan.
Bu haqda u Super Express dasturi efirida ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, avvalroq u oyiga 5-6 ming zlotiy (1,2-1,4 ming dollar) olgan bo‘lsa, hozir pensiyasi 11 ming zlotiyni (2,6 ming dollar) tashkil etadi.
Valensaning aytishicha, uning xarajatlari shunchalik ko‘pki, nafaqasi yetmaydi va sobiq prezident xalqaro konferensiyalar va forumlarda qatnashib, ma’ruzalar o‘qib, qo‘shimcha pul ishlashga majbur bo‘lmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter