Sobiq direktor minglab qo‘yni «yeb yuborgani» aniqlandi
Mirishkor tumanida chorva mollarini talon-toroj qilgan MChJ sobiq direktorining kirdikorlari fosh etildi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mirishkor tuman bo‘limi tomonidan «O‘zbekiston qorako‘lchilik” MChJning Mirishkor tuman filialining murojaatiga asosan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, MChJning sobiq rahbari Ch.X. o‘zining javobgarligida bo‘lgan umumiy bahosi 604,7 mln so‘mlik jami 2 429 bosh mayda shohli mollarni sotib yuborib, sotuvdan tushgan mablag‘larni jamiyat hisob raqamiga kirim qilmasdan talon-toroj qilganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish) va 205-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter