Sloveniya shamol esmasa Rossiyanikiga o‘xshab qoladigan bayrog‘ini Kiyevdagi elchixonasidan olib qo‘ydi
Sloveniya Kiyevdagi elchixonasi binosidagi bayrog‘ini yechib oldi, chunki Rossiya uchrangi (trikolori)ni eslatadi, dedi Sloveniyaning Ukrainadagi muvaqqat vakili Boshtyan Lesyak.
Lesyakning aytishicha, bir necha kun avval Kiyevga qaytib, elchixona binosida Sloveniya va YeI bayroqlarini ko‘tarishgandi. «Kiyev o‘sha kuni shamolli edi, biz g‘urur bilan Sloveniya va Yevropa ittifoqi bayroqlarini ko‘targanimizda, ular shamolda chiroyli hilpirab turgandi», — dedi u.
Oradan ikki kun o‘tib, shamol bosildi, bayroqlar hilpiramay qo‘ydi, Sloveniya bayrog‘ining Rossiya bayrog‘idan farqi qolmadi...
Ukraina milliy gvardiyasi va politsiya Lesyakka murojaat qilib, «Sloveniya bayrog‘ini, Rossiya bayrog‘iga juda o‘xshagani uchun», vaqtincha olib turishni so‘rashgan.
Sloveniya bosh vaziri Yanez Yansha mamlakat Kiyevdagi elchixonasi faoliyati tiklanganini ma’lum qilgan, 28-mart kuni bu yerga diplomatik hukumat xodimlari qaytgandi.
Ta’kidlash kerakki, Sloveniyaning bayrog‘ini nafaqat Rossiya, balki nomi ham o‘ziga o‘xshash Slovakiyaniki bilan ham adashtirish hech gapmas.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter