Slovakiyani tarixda ilk marta ayol prezident boshqaradi
Slovakiyadagi prezidentlik saylovlarida advokat va tabiatni himoya qilish faoli Zuzana Chaputova yetakchilik qilmoqda. Saylovning ikkinchi turida u 58 foiz ovoz olgan. Shu tariqa Chaputova mamlakat tarixida ilk ayol prezident bo‘ladi.
Undan keyingi o‘rinda Sharosh Shefchovich bormoqda va u 42 foiz ovoz olgan. Chaputova 15 iyunda prezidentlik ishiga kirishishi lozim. U Slovakiya mustaqil bo‘lgan 1993 yildan buyon mamlakatni boshqaradigan beshinchi prezident bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, saylov 16 va 30 mart sanalarida o‘tkazildi. Amaldagi prezident Andrey Kiska unda o‘z nomzodini qo‘ymagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter