«Siti» ikki jiddiy yo‘qotish bilan Madridga yo‘l oldi
Bugun tunda Yevropa chempionlar ligasining chorak finali doirasida dastlabki o‘yinlar bo‘lib o‘tadi.
Madridning «Real» klubi o‘z maydonida Angliyaning «Manchester Siti» jamoasini qabul qiladi.
Gvardiola jamoasi mazkur bellashuvga ikki jiddiy yo‘qotish bilan bormoqda. Qanot himoyachilari — Kayl Uoker hamda Natan Ake mazkur bellashuvni o‘tkazib yuborishadi.
YeChLda o‘tgan yilgi to‘qnashuvda Vinisiusni aynan Kayl Uoker to‘xtatib qolgan edi. Endi Gvardiola madridliklarning braziliyalik yetakchisini to‘xtatishning boshqa chorasini topishi kerak bo‘ladi.
Kunning ikkinchi uchrashuvida «Arsenal» o‘z maydonida Myunxenning «Bavariya» klubini qabul qiladi. So‘nggi vaqtlarda o‘yini chiqmayotgan myunxenliklar tarkibiga Noyer, Koman, Mazraui va Sane kabi yetakchilar qaytgan.
Mazkur bahslar bugun tunda 00:00da start oladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter