Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sirni ochish payti keldi: bu qora nuqtalar nega kerak?

Sirni ochish payti keldi: bu qora nuqtalar nega kerak?

Foto: «Picabu.ru»

Avtomashina va avtobuslar oynalari chetiga nega qora nuqtalar tushiriladi? Shunchaki bezak uchunmi? Yoki shu nuqtachalarning ham biron nafi bormi? «Reddit»dagi «What Is This Thing» hamjamiyatining «Warphim» niki ostidagi bir a’zosi buni tushuntirib berdi.

Avtooynalar perimetri (aylanasi) bo‘ylab joylashgan qora nuqtalar «fritt» deb nomlanadi. Ular keramik bo‘yoqda ishlangan bo‘lib, maxsus kamerada oynaga tushiriladi.

Qora nuqtalar nega kerak?

Ularning vazifasi bir nechta. Avvalo oynani joyida mahkam tutib turuvchi germetikni ultrabinafsha nurlardan himoyalaydi. Chunki avtomobil saloniga suv kirishining oldini oluvchi va oynani tutib turuvchi poliuretan yelim (germetik) quyosh nurlarining uzoq ta’sirida o‘z kuchini yo‘qotishi mumkin.

Ikkinchidan, frittlar bo‘lmaganida, oynaga suriluvchi germetik qatlami ko‘zga tashlanib qolardi. Albatta, bu chiroyli manzara emas.

Qolaversa, mana shu qora nuqtalar mashinadagi insonlarni ham quyosh nurlaridan himoyalaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring