Sirli dard ayolning qornini koptokdek shishirib yubordi (video)
Xitoyning Guychjou provinsiyasi fuqarosining qorni sirli kasallik tufayli haddan tashqari shishib ketdi. «Daily Mail»ning ma’lum qilishicha, qorin kattalashishda davom etmoqda.
36 yoshli Xuan Gosyan ikki bolaning onasi. Ta’kidlashicha, uning qorni 20 kilogramm tosh bosadi va u to‘xtovsiz o‘sishda davom etyapti. Ayol mahalliy OAV orqali yordam so‘rashga qaror qilgan. Chunki noma’lum kasallik uxlashga, yurishga, o‘g‘li bilan qizini parvarish qilishga xalaqit qilyapti. Bahaybat qorni tufayli ayolni ko‘pincha homilador deb o‘ylashadi.
Gosyanning qorni ikki yil oldin noma’lum sabablarga ko‘ra o‘sishni boshlagan. Yallig‘lanish ayolni qattiq azoblagan, biroq shifokorlar yozib bergan dorilarni qabul qilgach og‘riqlar to‘xtagan.
Xitoylik ayol davolanish uchun turli shifoxonalarga murojaat qilib ko‘rdi. Tekshiruv natijalariga ko‘ra, u jigar sirrozi, tuxumdonlar saratoni va ko‘krak qafasi va qorin bo‘shlig‘ida anomal suyuqlik to‘planishidan qiynalyapti. Biroq tibbiyot xodimlari tinimsiz qorin shishishining sababini aniqlay olishmayapti.
Shifokorlar ayolning qornidan suyuqlikni olib tashlashga urinib ko‘rishdi. Biroq operatsiya tugagan zahoti qorin yana kengaya boshlagan. Uni tekshiruvdan o‘tkazgan shifokorlarning taxminicha, xitoylik ayolning xavfsiz o‘smasi bor. Mahalliy shifoxona Gosyanni davolashga tayyor. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, operatsiyani amalga oshirish uchun 30 ming yuan talab etiladi. Ayol hayr-ehson evaziga yetarli miqdordagi pulni to‘plashga umid qilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter