Sirdaryoda xalqaro ahamiyatli yo‘ldagi ko‘prik singan. Haydovchilardan aylanma yo‘l orqali yurish so‘ralyapti (xarita)
Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumani hududidan o‘tuvchi Xalqaro ahamiyatdagi M-34 «Toshkent – Dushanbe» avtomobil yo‘lining 82 kilometrida joylashgan yo‘l o‘tkazgichning temir-beton qismida sinish holati yuzaga kelgan. Ayni paytda ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
Viloyat hokimligi ushbu nosozliklar bartaraf etilgunga qadar, ushbu ko‘prik orqali barcha transport vositalari harakati vaqtincha to‘xtatilganini ma’lum qilmoqda.
Haydovchilarga mazkur yo‘lga yo‘nalishdosh bo‘lgan Xalqaro ahamiyatdagi M-39 «Toshkent – Termiz» avtomobil yo‘lining 873-882 kilometri va davlat ahamiyatidagi 4R-29 «M34 avtoyo‘li – M39 avtoyo‘li – Qozog‘iston Respublikasi chegarasi» avtomobil yo‘lining 0-7 kilometrdagi qismi orqali harakatlanish tavsiya qilinmoqda.
«Barcha yo‘nalishlarda YPX postlari tashkil qilinib, harakat xavfsizligini to‘liq ta’minlash choralari ko‘rilgan», – deyiladi hokimlik xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter