Sirdaryoda qo‘lbola kir yuvish kukuni sexi fosh etildi

Shirin shahar davlat soliq inspeksiyasi hamda ichki ishlar bo‘limi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tungi tezkor reyd tadbirida noqonuniy faoliyatni yo‘lga qo‘ygan «shavvoz»ning qilmishlari fosh etildi. Bu haqda Sirdaryo viloyati davlat soliq boshqarmasi matbuot xizmati xabar berib o‘tdi.
«A.Temur» mahallasida yashirin tarzda qo‘lbola kir yuvish kukuni ishlab chiqarishga mo‘ljallangan sexni fuqaro A.F. tashkil etgan bo‘lib, hech bir tegishli hujjatlarsiz mahsulot tayyorlagan. Tungi reyd davomida sexda sotuv uchun tayyorlangan jami qiymati 12 million 440 ming so‘mlik mahsulot va tovar moddiy boyliklari ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi va holat yuzasidan dastlabki tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter