Sirdaryoda kuchli suv oqimida qolib ketgan askar hamon qidirilmoqda
![Sirdaryoda kuchli suv oqimida qolib ketgan askar hamon qidirilmoqda](https://static.xabaruz.com/crop/6/8/720_460_95_684039489.jpg)
Avvalroq, Sirdaryoda Xalqaro press-klub sessiyasi o‘tkazilgani xabar qilingan edi.
Unda ishtirok etgan Milliy gvardiya Sirdaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i Ilyos Erbo‘tayev Sardobadagi voqealarda mardlik ko‘rsatgan xodimlarni yodga oldi.
![](https://xabar.uz/static/uploads/24/720__72mg73udzWLdARn1i1_CEiDWO-5jPK9Q.jpg)
Erbo‘tayevga ko‘ra, qidiruv-qutqaruv, tekshiruv jarayonida Milliy Gvardiyaning 3 nafar harbiy xizmatchisi kuchli suv oqimi ostida oqib ketgan.
Ular kapitan Ibragimov Sanjar, oddiy askar Suyunov Hazrat va Suyarov Husniddinlardir.
Kapitan Ibragimov jiddiy jarohatlarsiz Oqoltin tumanidagi "Bobur" mahallasida suv oqimidan chiqa olgan. Afsuski, ikki nafari bedarak yo‘qoldi. 3 kundan so‘ng mardlarcha halok bo‘lgan Suyarov Husniddin topildi... Hozirda oddiy askar Suyunov Hazratni topish ishlari amalga oshirilmoqda.
O‘sha qiyin kunlarda 77 nafar aholi qutqarildi. Tomda qolgan opa-singillarni qutqarish uchun vertolet qo‘nolmaydigan joyda ikki harbiy o‘zini suvga tashlab, fuqarolarni qutqardilar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter