Sirdaryoda avtobus gaz balloni portlashi sabab olti kishi halok bo‘ldi
Bugun, 18-avgust kuni tahminan soat 14:30 larda Sirdaryo viloyati Oqoltin tumani hududida joylashgan avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchasida Xorazm viloyati Bog‘ot tumanidagi avtomaktabga tegishli bo‘lgan «Isuzu» rusumli avtobus, metan gaz to‘ldirib chiqqan vaqtda unga o‘rnatilgan gaz ballonlarining birida yorilish sodir bo‘lgan. Bu haqda FVV xabar berdi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida 6 kishi voqea joyida vafot etgan va 15 kishi tan jarohati olgan.
Hodisa joyiga O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbariyati boshchiligida ishchi guruh yetib borgan.
Shuningdek, voqea joyida viloyat hamda tuman FVB, IIV, SSV rahbariyati, prokuratura xodimlari holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter