Sirdaryoda qandli diabetga qarshi kurashish kuniga bag‘ishlab tadbir o‘tkazildi
Skrining tadqiqotlarga ko‘ra, qandli diabetning ikki turi bilan kasalangan bemorlar soni 1,6 baravarga ortganligini, umumiy aholi soni 30 million bo‘ladigan bo‘lsa shundan 2 million kishi hayotiga bu kasallik xavf solayotgani aniq bo‘ldi.
Ochig‘i, yurak-qon tomir kasalliklarining rivojlanishi va rivojlanishi yuqori bo‘lgan surunkali mikrovaskulyar diabetik asoratlar bilan kechuvchi kasallikka qarshi kurashish masalasi kuning muhim vazifalaridan biriga aylanmoqda.
Eng asosiysi, endokrinologiya yo‘nalishida tibbiy yordam ko‘rsatish sog‘liqni saqlash tizimida alohida o‘rin tutadi, chunki endokrin kasalliklar ko‘p hollarda surunkali kechib, yuqori o‘lim va nogironlik ko‘rsatkichlariga olib keladigan og‘ir asoratlarga sabab bo‘ladi.
Sirdaryoda kandli diabet bemorlarga dova-tashxislash yordamini ko‘rsatish borasida viloyat endokrinologik dispanseri tomonidan bir qator ishlar amalga oshirilayotgan bo‘lsa, qandli diabetga moyilligi bor aholi qatlamini aniqlash, yordam ko‘rsatish maqsadida viloyatda chuqurlashtirilgan tibbiy tekshiruv ishlari muntazam ravishda olib borilayapti.
Bugungi kunda endokrinopatiyalar tizimida birinchi o‘rinni qalqonsimon bez kasalliklari, ikkinchi o‘rinni kandli diabet, uchinchi o‘rinni gipotalamo-gipofizar tizimi kasalliklari, to‘rtinchi o‘rinni jinsiy bezlar kasalliklari va boshka xastaliklar egallamoqda.
Xozirgi kunda butun dunyoda bu kasallik bilan 366 milliondan oshikrok, viloyatda 6500 dan oshiqroq insonlar azob chekmoqda. Agar samarali choralar ko‘rilmasa 25 yildan so‘ng har oltinchi odam, 21 asr o‘rtalarida har ikkinchi odam qandli diabetga chalinishi ehtimoli borligi o‘tkazilgan taqdiqotlardan ma’lum bo‘layapti.
Epidemiologik ma’lumotlarga qaraganda O‘zbekistonda qandli diabetning tarqalish darajasi 5% ni tashkil qiladi. Ammo hozirgi kunga kelib 135751 bemor dispanser hisobida turadi. Ulardan 1292 nafarini bolalar, 553 nafarini o‘smirlar tashkil qiladi.
2006 yilning dekabr oyida Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Assambleyasining 61 sessiyasida «BMT ning Diabet haqidagi Rezolyusiyasi» imzolandi, bunga ko‘ra diabet umumdavlat muammosi deb tan olindi va 14 noyabr 2007 yildan boshlab diabetga qarshi kurash kuni deya etrof etildi.
Guliston shahridagi Nuroniylar maskanida vloyat Endokrinologiya dispanseri Sog‘lom avlod uchun xayriya jamg‘armasining viloyat bo‘limi, Qizil yarim oy jamiyatining viloyat bo‘limi, “Farmak” kompaniyasi vakillari hamda Qandli diabetli insonlarning “Mehr” jamiyati hamkorligida o‘tkazilgan tadbir ham qandli diabetga qarshi kurash kuniga bag‘ishlandi.
Tadbirda viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Akbar Mirzaxonov, viloyat Endokrinologiya dispanseri bosh shifokori Mustafoqul Djurayev, qandli diabet bilan og‘rigan yuzdan oshiq bolalar va o‘smirlar, aholining katta yoshdagi qatlami vakillari ishtirok etishdi. Soha mutaxassislari tomonidan tadbir ishtrokchilariga yurak qon-tomir kasalliklari, qandli diabet kabi yuqumli bo‘lmagan kasalliklar butun dunyoda nogironlik darajasini ortishiga va bevaqt o‘limlar soni ko‘payishiga sabab bo‘layotgani, bu kasalliklarning kelib chiqishiga yuqori qon bosimi, tamaki va alkogol mahsulotlarini xaddan tashqari ko‘p iste’mol qilish, qondagi xolesterinning yuqori darajasi, ortiqcha tana vazni, meva va sabzavotlarni yetarlicha iste’mol qilmaslik va jismoniy faollikni sustlashishi kabi xavfli omillar keltirib chiqarayotgani, qandli diabet va uning asoratlari, davolash usullari haqida tushinchalar berishdi.
Qandli diabet bilan og‘rigan bolalarning rang tasvir asarlari kurgazmasi tadbirda namoyish etildi. O‘z ovoziga ega bo‘lgan bemor bolalarimiz tomonidan yurt, yurtning go‘zal manzarasini taranum etuvchi ko‘y qo‘shiq, sherlar ijro etildi. Xomiy tashkilotlar tomonidan esa ularga qonda qand miqdorini aniqlash moslamasi, glyukometir va boshqa estalik sovg‘alari berildi.
Bir so‘z bilan aytganda, Diabet oyligini o‘tkazishdan maqsad - insonlarga qandli diabet, uning xavfli omillari haqida, erta tashxis quyish, asoratlarni oldini olish haqida ko‘proq ma’lumot berib, aholini «diabetga qarshi kurash»ga chaqirishdi.
Diabet oyligi tadbirlari viloyatning barcha tumanlarida o‘tkazilmoqda. Diabet bu hayot tarzi, uni unutmasligimiz lozim.
G‘ulom Primov,
Sirdaryo viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmati xodimi
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter