Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sirdaryoda adliya xodimi firibgarlik ustida qo‘lga tushdi

Sirdaryoda adliya xodimi firibgarlik ustida qo‘lga tushdi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Sirdaryo  viloyati boshqarmalari tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda firibgarlik jinoyati fosh qilindi.

Xabarga ko‘ra, Sirdaryo tuman adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi sho‘’ba boshlig‘i M.B. fuqaro Sh.U.ning ishonchiga kirib, unga 1,4 mln so‘m evaziga yashash xonadoni kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berishini aytib, oldindan 1,2 mln so‘mni tanishi N.S.ning plastik kartasiga o‘tkazib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring