Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Singapur prezidenti O‘zbekistonga keladi

Singapur prezidenti O‘zbekistonga keladi

Foto: Prezident matbuot xizmati.

Singapur rahbari Halima Yaqub prezident Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan 23−25-may kunlari davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘ladi.

Bu haqda Singapur TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Halima Yoqub, ayni damda Qozog‘istonda bo‘lib turibdi. Bu Singapur prezidentining Markaziy Osiyoga birinchi davlat tashrifidir.

O‘zbekistonga kelgach Halima Yaqub Ko‘ksaroyda prezident Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashadi. Shuningdek, Singapur — O‘zbekiston biznes forumida Singapur va O‘zbekiston ishbilarmonlari bilan uchrashadi va Davlat boshqaruvi akademiyasiga tashrif buyuradi.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning yanvar oyida prezident Shavkat Mirziyoyev Singapurga borgandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring