Singapur kovidga chalingan bunday bemorlarni bepul davolamoqchi emas
Singapur hukumati koronavirus aniqlangan fuqarolar emlanmagan bo‘lsa, ularning tibbiy to‘lovlarini to‘lashni to‘xtatadi. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib «Interfaks» xabar bermoqda.
«Hozirda emlanmagan odamlar intensiv statsionar yordamga muhtoj bo‘lganlarning aksariyatini tashkil qiladi va sog‘liqni saqlash resurslarimizga katta yuklama beradi», — dedi bo‘lim.
Qayd etilishicha, 8-dekabrdan keyin COVID-19 bilan shifoxonaga yotqizilgan emlanmagan bemorlar bepul davolanmaydi. Faqat emlash taqiqlangan 12 yoshgacha bo‘lgan kasal bolalar uchun istisno qilinadi.
Singapur Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirus pandemiyasi boshlanganidan beri hukumat fuqarolar va mamlakatda doimiy yashovchilarning tibbiy to‘lovlarini to‘laganini ta’kidladi. Shu bilan birga, Singapurda aholining 85 foizi to‘liq emlangan, yana 18 foizi allaqachon COVID-19 dan preparatning uchinchi dozasini olgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter